Qo‘shnilar bilan munosabat

Assalamu alaykum! Qo‘shnilarimiz ko‘pincha bizda bor narsani so‘rab keladi. Men bermoqchi bo‘lsam, dadam “berma” deydi. Lekin ba’zida qo‘shnimiz ham olgan narsasini qaytarib bermaydi. Balki dadamning jahllari o‘shanga chiqib, “berma” deydimi. Lekin men dadamga Qur’oni Karimda ham, hadislarda ham “qo‘shnilaringga o‘zingda bor narsalaringni beringlar degan” deb tushuntiraman. Qo‘shni bilan yaxshi muomalada bo‘lish, musulmon uchun farz bo‘lsa kerak menimcha. Endi men ba’zi narsalarni qo‘shnilar so‘rab kelsa dadamga aytmay bersam bo‘ladimi? Ya’ni, otamning ruxsatisiz bersam bo‘ladimi? Xonadonning boshi baribir dadam, yana ularni ranjitib gunohkor bo‘lib qolmay. Javoblaringizni kutaman. Alloh sizu bizdan rozi bo‘lsin, ishlaringizda Alloh O‘zi yordamchi bo‘lsin. Omiyn. Biz duodamiz, sizlar ham duo qilib turinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol-27435/ Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:52 | Савол-жавоблар | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar