Bo‘yoq haqida
Assalomu alaykum! Menim kasbim bo‘yoqchi usta. Ba’zida tahorat yoki namozni o‘qigandan keyin yuzimda, ba’zan boshqa joyimda bo‘yoq sachraganini ko‘rib qolaman. Uning tagiga suv etgan yoki etmaganini bilmayman. Shunda tahoratim durust bo‘ladimi yoki boshidan tahorat qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Tahoratda yuviladigan a’zolarda qurigan xamr, sham kabi suvni badanga etishidan man qiladigan narsa bo‘lsa, uning ostiga suv etkazish vojibdir. (Sharhun niqoya). Shunga binoan kraska ham badanga suv etishini man qiladi va uni ketkazib ostiga suv etkazishingiz vojib bo‘ladi. Mabodo namoz o‘qigan bo‘lsangiz qaytarib o‘qiysiz. Boshqa tomondan tahoratingiz ketmagan bo‘lsa, kraskani ketkazib o‘sha joyning o‘ziga suv oqizishingiz kifoya qiladi. Nam qo‘lni tekkazish kifoya qilmaydi.
26 Май 2022, 16:55 | Савол-жавоблар | 122 | Tahorat