Qarindoshlik aloqasi va ribo

Assalomu alaykum! Opamning uylari kichik, chiqaradigan qizi bo‘lgani uchun ipotekaga uy olmoqchi. Bu yo‘ldan qancha qaytarishimga qaramasdan qo‘limdan xech narsa kelmadi. Men yangi uylanganligim uchun nomimga olsa kamroq foiz to‘lar ekan. O‘ziga olsa, foiziga qurbi etmas ekan. Mendan barcha katta va hurmatli odamlarni o‘rtaga qo‘yib iltimos qilishmoqda. “Yo‘q” dedim. Endi ular hafa bo‘lishmoqda, hattoki "gunohini o‘zimning zimmamga olaman" deyapti. Shu janjal tufayli qarindoshlarim va ota-onam mendan qattiq ranjishib, “qiynalgan opangga yordam berish sening burching” deyishmoqda. Nima qilay? Iltimos. Maslahatingiz muhim. Oilam mendan qattiq norozi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! “Xoliqqa osiy bo‘linadigan o‘rinda maxluqqa itoat qilinmaydi”. Hadis.

26 Май 2022, 16:55 | Савол-жавоблар | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar