Erining vafotidan kech xabar topgan ayol
Assalamu alaykum! Savol: Ma’lum sabablarga ko‘ra, eri xorijda vafot etgan ayol, erining vafotidan ikki oy o‘tib xabar topsa, bu o‘tgan muddat idda hisobiga kiradimi? Yoki, idda erining vafot etgan vaqti haqida xabar topgandan keyin boshlanadimi? Bunday holatda idda qaysi muddatdan boshlanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Er vafot etgan vaqtdan ayolning idda vaqti boshlanadi. Xoh ayoli bilgan bo‘lsin yoki bilmasin farqi yo‘q. Savoldagi suratda ayolning ikki oylik iddasi o‘tgan bo‘lib, qolganini o‘tirishi vojib bo‘ladi. Yangitdan idda o‘tirishi shart emas.
26 Май 2022, 16:56 | Савол-жавоблар | 163 | Turli savollar