Bu tavba qabul qilinadimi?

Men bundan 3 yil oldin Rossiyadagi paket zavodda ishlagandim. O‘sha paytda men din nima, iymon va namoz nimaligini bilmaganman. Shu holatda men zavod boshlig‘ining ruxsatisiz har xil paketlardan olib chiqib, o‘g‘irlik qilganman. Hozir ham o‘sha paketlar uyda turibdi. Qachon ularni ko‘rsam, juda qattiq nadomat chekib qattiq afsuslanaman. Tavba qilsam mening tavbam qabul qilinadimi? Bir kitobda “agar o‘g‘ri o‘g‘irlagan narsasini egasiga qaytarmasa yoki roziligini olmasa tavba qilgandan foyda yo‘q” deyilganini o‘qigan edim. Uning ustiga zavodning boshlig‘i musulmon emas, u qiyomat kuni meni iymonimni talab qilmaydimi? Yoki Rossiyaga borib badalini to‘laymi? Hazrat iltimos, maslahat bering, qiyin ahvoldaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Olgan narsani chamalab, o‘ta kambag‘al odamlarga berib yuboring. Tavba qilib, nadomat cheking.

26 Май 2022, 17:11 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar