Tariqat va xaqiqat

Talabalik paytlarim (2006-2008) Farg‘ona viloyati, buvayda tumanida yashab o‘tgan bir PIR xaqida eshitdim. O‘sha erlik kursdoshlarimdan biri uni ziyorat qilgani olib bordi. U inson bilan ko‘rishish nasib qilmadi. Lekin o‘shandan keyin Tariqat yo‘li xaqida biroz o‘rgandim. Uning oxirgi bosqichi Yani Xaqiqatga etishish, yani Allohga etishish meni o‘ziga tortdi. U nima va qanaqa bo‘ladi degan savollar qiynay boshladi. Ba’zida gunoh ishlarni bilib qilganimdan keyin, yoki boshqa xato va kamchiliklarimni o‘ylab - unga etishishga umuman arzimasligimni, o‘ta gunohkor ekanligimni tushunib etaman. Lekin baribir Xaqiqatga etishishni xoxlayman. Uni qiyinchiliklarini o‘ylab buning uchun xarakat qilgani yuragim betlamidi. Shunda ham o‘zimga-o‘zim juda ko‘p aytaman "baribir Xaqiqatga etishaman, baribir etishaman". Juda ko‘p takrolliman. Lekin shuni ham bilamanki unga etishish uchun kuchli xoxishni o‘zi etmaydi. Manda bilim va ilm xat etishmaydi. Xaqiqatga etishish, uning nima ekanligi, qanaqa qilib etishish mumkinligi xaqida qaysi adabiyot, manbaa yoki kimlardan bilsam bo‘ladi. Xaqiqatga etishganlar hozir ham bor bo‘limi mumkinligi va ular oramizda bo‘lishi mumkinligi ham bilaman. Lekin ularni qanaqa qilib tanib olish mumkin. Ularning belgilari bormi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ruhiy tarbiya kitoblarini o‘qish, odamlariga shogird tushish va o‘z ustida tinmay ishlash bilan siz aytgan darajalarga etiladi. Bunday odamlar doimo bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi.

26 Май 2022, 22:52 | Савол-жавоблар | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar