Hojat namozining duosi

Hojat namozi o‘qilganda duosini ikki tomonga salom bergandan keyin aytiladimi yoki oldin?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
https://islom.uz/content/view/774/104/ Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimning Allohga va Bani odamdan birortasiga hojati bo‘lsa, yaxshilab tahorat qilsin, so‘ngra ikki rak’at namoz o‘qisin. Keyin Allohga sano va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovat aytsin. So‘ngra: «Haliymu Karim Allohdan o‘zga hech ilohi ma’bud yo‘q. Ulug‘ Arshning Robbisi Alloh pokdir. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo‘lsin. Men Sendan: rahmatingni vojib qiluvchi, mag‘firatingni taqozo qiluvchi narsalarni va har bir yaxshilikdan g‘aniymatni, har bir yomonlikdan salomatni so‘rayman. Mening hech bir gunohimni qo‘ymay mag‘firat qilgin, hech bir g‘amimni qo‘ymay kushoyish qilgin, o‘zing rozi bo‘lgan hech bir hojatimni qo‘may, albatta, chiqargin. Ey, Arhamar Rohimiyn», desin», dedilar». Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan. Alloh biluvchi. Sharh: Imom Ibn Hajar bu namozni Shanba kuni sahar o‘qib, talabi hojat qilish mandubdir, chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, kim shanba kuni ertalab talabi hojat qilsa, talabi hal bo‘ladi. Uning hojati ravon bo‘lishiga men zominman, deb marhamat qilganlar, degan. Albatta, duoning arabcha matnini yodlab olgan yaxshi. Hojat namozi ila banda Alloh taologa yana bir bor bog‘lanmoqda. Bu namoz ila bevosita Alloh taologa roz aytish sharafiga muyassar bo‘lmoqda. Alloh taolodan boshqacha yalinish balosidan qutilmoqda. Hatto boshqa odamlarda hojati bo‘lsa ham o‘sha odamga emas, Alloh taologa murojaat qilib hojatini chiqarishni so‘ramoqda. Chunki, haqiqiy hojat chiqaruvchi Allohning o‘zi.

26 Май 2022, 17:14 | Савол-жавоблар | 251 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar