ORT telekanalidagi ko‘zboylag‘ich

Bir necha hafta avval, Rossiyaning "ORT" kanalida Isroillik Lior Sushard ismli bir ko‘zboylag‘ich avvaliga kishilarni fikrini "o‘qidi", ishlab turgan soatga "STOP" buyrug‘ini berib, soatni to‘xtatdi va yana bir qancha g‘ayrioddiy ishlarni bajardi. Teledastur so‘ngida fokuschi antiqa bir ishni qildi, ya’ni masofadan (telefonda) birovning o‘ylagan qartasini belgilab berdi. U odam esa telefonda aynan ko‘zboylag‘ich qartalar orasidan tanlab olgan qartadagi sonni aytdi (qisqa qilib aytganda, ko‘zboylag‘ich uning aytadigan qarta soni va gulini avvaldan bildi). Savolim shuki, bu qanday ro‘y berdi? (Balkim teledasturga avvaldan teatrlashtirib chiqarilgandir, balkim u jinlar bilan ishlar Vallohu a’lam). Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Odatda avvaldan kelishib olishadi.

26 Май 2022, 17:20 | Савол-жавоблар | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar