Kolbasalarni eyish mumkinmi?

Assalomu Alaykum muhtaram Shayx hazratlari! Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. O‘zingizga ma’lum, bugungi kunda turli savdo belgisi ostida har xil kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ayniqsa kolbasalarning turlari ko‘payib bormoqda. Hattoki, halol va pokiza nomlari ostida keng ommaga reklama qilinayapti. Ammo men bir gapni eshitib qoldim. Har qanday kolbasa mahsulotlariga cho‘chqa go‘shti aralashtirilar ekan, chunki usiz tayyorlangan kolbasalar o‘xshamas ekan. Aytingchi, bu gap qanchalik haqiqatga yaqin. Umuman halol deb tamg‘a bosilgan kolbasalarni iste’mol qilish mumkinmi. Javobingiz uchun tashakkur. Sizni Alloh hamisha o‘z panohida asrasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Surishtirib aniklash kerak.

28 Апрел 2022, 16:26 | Савол-жавоблар | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar