Mazhabsizlar haqida
Sizning ma’ruzalaringizda va shu saytda bergan javoblaringizga to‘xtalsak, ya’ni bemazhablik noto‘g‘ri ekan. Meni qiynagan narsa shuki, agar bemazhablik noto‘g‘ri bo‘lsa, dunyodagi fatvo beruvchi qo‘mita a’zolari masalan Shayx Favzan va yana boshqalar bemazhab ekanini bilaman. Ular o‘zlarini “Salafiylarmiz” deyishadi. Mazhabda yurgan odamlar shular chiqargan fatvolarga amal qilsa bo‘ladimi. Chunki mazhabdagi ulamolar mazhab qoidalariga rioya qilgan holda fatvo beradi. Mazhabsizlar esa faqat sahih hadisga asoslanib fatvo beradi. Shunga biz ularning fatvosiga amal qilishimiz joizmi yoki yo‘qmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘z mazhabingizga amal qilasiz. Fatvoni o‘sha mazhabdan va uniga amal qiladigan ulamolardan olasiz. Bemazhablarni o‘zlariga qo‘yasiz.
26 Май 2022, 17:20 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar