Bujiteriya
“Kumush va tilladan boshqa metallardan yasalgan taqinchoqlar ayollar uchun mumknmi? Erkaklarga uzukdan boshqa taqinchoqlar mumkinmi? braslet, tros va boshqalar” degan savolga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari “Ayollarga mazkur ikki ma’dandan boshqa narsalardan yasalgan taqinchoqlar durust. Erkaklarga bir dona shariat ruxsat bergan uzukdan boshqa taqinchoq durust emas” deb javob bergan ekanlar. Bu savol javobda qizlar bujiteriya taqinchoqlarini taqish mumkunligi kelib chiqadimi? Tushuntirib bersanigiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
وَجَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ شَبَهٍ، فَقَالَ لَهُ: مَا لِي أَجِدُ مِنْكَ رِيحَ الْأَصْنَامِ؟ فَطَرَحَهُ، ثُمَّ جَاءَ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ حَدِيدٍ، فَقَالَ: مَا لِي أَرَى عَلَيْكَ حِلْيَةَ أَهْلِ النَّارِ؟ فَطَرَحَهُ، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، مِنْ أَيِّ شَيْءٍ أَتَّخِذُهُ؟ قَالَ: اتَّخِذْهُ مِنْ وَرِقٍ، وَلَا تُتِمَّهُ مِثْقَالًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ «Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Uning qo‘lida mis uzuk bor edi. U zot unga: «Ne bo‘ldiki, men sendan sanamlarning hidini topmoqdaman!?» dedilar. Bas, u (kishi) uni tashlab yubordi. So‘ngra u (yana bir bor) keldi. Uning qo‘lida temir uzuk bor edi. U zot unga: «Ne bo‘ldiki, men senda do‘zax ahlining ziynatini ko‘rmoqdaman!?» dedilar. Bas, u (kishi) uni tashlab yubordi. So‘ngra: «Ey Allohning Rasuli, uni nimadan qilishim kerak?» dedi. U zot: «Uni kumushdan qil va bir misqolga etkazma» dedilar». «Sunan» egalari rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu rivoyatdan musulmon erkak uzuk taqadigan bo‘lsa, faqat kumushdan bo‘lgan uzuk taqmog‘i lozimligini tushunib olamiz. Avvalgi rivoyatlardan musulmon erkakka tilla uzuk taqish harom ekanligini bilib olgan edik. Bu rivoyatda esa boshqa ma’danlardan ham uzuk qilish yaxshi emasligi haqida so‘z ketmoqda. Keling, bu ma’nolarni bir boshdan tahlil qilib chiqaylik: «Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Uning qo‘lida mis uzuk bor edi. U zot unga: «Ne bo‘ldiki, men sendan sanamlarning hidini topmoqdaman!?» dedilar». Demak, musulmon erkakning misdan bo‘lgan uzuk taqishi durust emas. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning mis uzuk taqib olgan odamga «Ne bo‘ldiki, men sendan sanamlarning hidini topmoqdaman!?» deganlarini tushunib olish uchun bir oz sharhga ehtiyojimiz tushadi. «Sanam» – yuzi inson shaklidagi but. O‘sha paytlarda arab mushriklarining ko‘plab sanamlari bo‘lib, ular asosan misdan tayyorlanar ekan. Shuning uchun ham «Mis – sanamga ishlatiladigan ma’dan», degan tushuncha odamlar ongiga o‘rnashib qolgan ekan. Boshqacharoq qilib aytganda, mis deganda sanamni, sanam deganda misni tushunadigan bo‘lib qolishgan ekan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi gapni ana o‘sha holatdan kelib chiqib, aytgan ekanlar. Binobarin, mis uzuk taqishning qabihligi yana ham kuchli bo‘lgan. «Bas, u (kishi) uni tashlab yubordi». Ya’ni, o‘sha Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga mis uzuk taqib kelgan kishi u zotning mazkur gaplaridan keyin qo‘lidagi mis uzukni echib, tashlab yubordi. «So‘ngra u (yana bir bor) keldi. Uning qo‘lida temir uzuk bor edi. U zot unga: «Ne bo‘ldiki, men senda do‘zax ahlining ziynatini ko‘rmoqdaman!?» dedilar». Mazkur sahobiy roziyallohu anhu «Mis uzuk taqish joiz bo‘lmasa, temir uzuk bo‘laverar» degan fikr bilan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga yana bir safar kelishida temir uzuk taqib kelibdi. Lekin bu safar ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan tanbeh eshitdi. U zot sollallohu alayhi vasallam unga: «Ne bo‘ldiki, men senda do‘zax ahlining ziynatini ko‘rmoqdaman!?» dedilar. U zot ayni ushbu gapni aytishlarining boisi do‘zax ahlining qo‘l-oyoqlariga oxiratda temirdan kishan solinishi ekan. Shuning uchun ham musulmon erkak uchun temir uzuk makruh. U ham joiz bo‘lmasa, bu ham joiz bo‘lmasa, nima joiz bo‘ladi o‘zi? Xuddi shu savol mazkur uzuk taqishga ishqiboz bo‘lgan sahobiy roziyallohu anhuning xayollariga ham keldi-da: «Ey Allohning Rasuli, uni nimadan qilishim kerak?» dedi». Ana endi to‘g‘ri yo‘l tutildi. O‘zicha hali uni, hali buni qilib ko‘rib, shariatga to‘g‘ri kelmagani uchun tanbeh eshitib, parishonhol bo‘lgandan ko‘ra, biror ishni qilmoqchi bo‘lgan odam «Bu masalada shariatning hukmi qanday?» deb so‘rab, bilib olgandan keyingina uni amalga oshirsa, olam guliston. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uzukni nimadan qilishnigina emas, uning vazni qancha bo‘lishi lozimligini ham bayon qilib berdilar. «Uni kumushdan qil va bir misqolga etkazma», dedilar». Musulmon erkaklar uzuk taqadigan bo‘lsalar, kumush uzuk taqsinlar. Isrofdan qochish maqsadida uzukka bir misqoldan kamroq miqdorda kumush sarflasinlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Ushbu hadisning sharhida hanafiy ulamolari “o‘sha metallardan ayollarga ham joiz emas” deganlar. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 18:27 | Савол-жавоблар | 185 | Dolzarb savollar