Namozdagi niyat
Hurmatli ustoz.Namozga kirishdan oldin qandoq niyat qilsa to‘g‘ri bo‘ladi?Niyatni qalban qilish kerakmi,yoki ovozni chiqarib qilsa yahshiroq bo‘ladimi?Niyat vaqtida nimalarni dildan o‘tkazish kerak?Bu masalalar namoz kitoblarida turlicha berilgani uchun sizga shu savol bilan murojat qildim.Javob uchun oldindan tashakkur.Alloh :jj hayringizni bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Niyat so‘zi qasd qilish ma’nosini bildiradi.Shariatda, qalbning Allohga qurbat hosil qilish uchun ibodatni ado etishga azmu qaror qilishi niyatdir.- Niyatning joyi qalbdir. Qalbda niyat yo‘q bo‘lsa, til bilan aytishlik kifoya qilmaydi. Lekin niyatni til bilan talaffuz qilish sunnatdir.- Niyatning to‘g‘ri bo‘lishi uchun islom, oq-qorani ajratish va niyat qilayotgan narsasi nimaligini bilish shart.NIYaT MASALASIEndi niyatga oid matnlarni o‘rganamiz.Namozxon namozini, agar imomga iqtido qilsa, iqtidosini takbiri tahrimaga qo‘shib qasd qiladi. Qasdini talaffuz qilsa afzal bo‘ladi. Farz va vojibdan boshqaga mutlaq namozni niyat qilsa, kifoya qiladi. Farz va vojibni ta’yin qilmoq vojibdir. Adadini emas.Ushbu matnlarda niyatga bog‘liq hamma bilish lozim bo‘lgan ahkomlar zikr qilinmoqda. Ularni sharhini o‘rganaylik.Namozxon namozini, agar imomga iqtido qilsa, iqtidosini takbiri tahrimaga qo‘shib qasd qiladi. Namozxon takbiri tahrimani aytishdan oldin bevosita niyat qilishi kerak. Agar yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgan bo‘lsa, qaysi namozni o‘qiyotganini qasd qilib turib takbiri tahrimani aytishi lozim. Agar imomga iqtido qilayotgan bo‘lsa, o‘sha iqtidosini niyat qilishi kerak. Imom bo‘lsa niyatida o‘qiyotgan namozini ta’yin qiladi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning: «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir», deganlarini eshitdim».Ikki shayx rivoyat qilgan.Niyat bilan ibodatlar odatlardan farqlanadi. Qasdini talaffuz qilsa afzal bo‘ladi.Ya’ni, niyatini tili bilan aytsa, yaxshi bo‘ladi. Aytmasa, o‘zining ishi. Farz va vojibdan boshqaga mutlaq namozni niyat qilsa, kifoya qiladi.Chunki nafl va sunnat namozlarni ta’yin qilishga hojat yo‘q. Farz va vojibni ta’yin qilmoq vojibdir. Adadini emas.Chunki Bomdod, Peshin kabi farz namozlari va Vitr, iyd va nazr namozi kabilar ham ko‘p. Shuning uchun, qay birini o‘qiyotganini ta’yin qilish lozim bo‘ladi. - Namoz rak’ati adadini aytish shart emas. Chunki farz namozlarning qaysinisi necha rak’atligi ma’lum va mashhur.
28 Апрел 2022, 18:38 | Савол-жавоблар | 297 | Boshqa ibodatlar