Hadisdan

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Riyozus solihin 51/27. Ibn Mas’ud roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Mendan keyin xudbin va inkor kilinadigan noshar’iy ishlarni ko‘rasizlar!» deganlarida, saxobalar: «Ey Allohning rasuli, (ana shu kun kelsa), bizni nima kilishga buyurasiz?» deyishdi. U zot: «Ustingizda bo‘lgan haqlarni ado etinglar va o‘z haqlaringizni Allohdan so‘ranglar», dedilar. Muttafakun alayh.
Muxtaram ustozlar savolim shuki ustimizdagi haqlar hamda bizning Alloh azza va jalladan so‘raydigan o‘z haqlarimiz nimalardan iborat? So‘rashlikda beodoblik qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Alloh kilayotgan ishlaringizda xayr-barakot va kuch bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat farz qilgan amallar Allohning haqqi. Alloh bizga berishni va’da qilgan haqqlar esa savoblardir. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 18:38 | Савол-жавоблар | 150 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar