Kreditni yopishni niyat qildim

Biz oilamiz bilan 7 yil avval kvartira olamiz deb, bankdan bu narsa halol emasligini bilib tursam ham, iymonim zaiflik qilib, uydagilarimni bunday qilmaslikga ko‘ndira olmasligimni sezibmi, kredit olganmiz. Allohga shukr, oilamizda hamma ibodatda. Bismillohni aytib qarz olib, bir marttalik bir ishni boshladim. Shu ishni boshlashda “InshaAlloh foydasidan shu kreditni yopib, ikkinchi ribolik ishga qo‘l urmayman” deb niyat qilgan edim. Otam (nafaqadalar) ko‘zlaridan nolib qoldilar, "doktorga murojaat qilib, tekshirtirib, davolanishim kerak ", degan niyatdalar, ancha kiynalib koldilar. Oilamiz byudjeti umumiy bo‘lgan holda, men kreditni to‘lab yuborsam, otamni ranjitib qo‘ysam kerak. Shu holatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Alloh barakasini bersa, ikkala ishni ham qilaman. Iltimos Hazrat, ishimning barakasini berishini, Allohning, ota onamizning roziliklarini topishligimizni Allohdan so‘rab duo qiling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo ishingizning barakasini bersin, ota onangizning roziliklarini topishlikni nasib qilsin!

26 Май 2022, 17:47 | Савол-жавоблар | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar