Otam men bilan gaplashmayapti, nima qilay?
Otam bilan bir yildan beri gaplashmaymiz. Sababi, otam ajrashgan, meni tuqqan onamga moddiy yordam berganim. Men onamga har oy pul jo‘natib turaman, chunki uyda hech kim ishlamaydi. Dadamga bu yoqmas edi, lekin onda sonda tortishib turardik. Bir yil oldin dadamiz onamga yordam berganimni o‘ziga nisbatan itoatsizlik deb, umuman gap qo‘shmay qo‘ydi. Nima qilishim mumkin? Kechirim so‘rashga harakat qildim, befoyda. Dadam: “Men seni boqib katta qildim, onang emas! Endi aytganimni qilishing kerak” kabi gaplar aytardi. Qanday qilib ularga tushintirsam bo‘ladi? O‘zlari nomozxon, dindan ham anchagina habarlari bor, lekin mana shu qilganimni “itoatsizlik qilding” deb oyoq tirab olganlar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Otangiz noto‘g‘ri ish qilgan. Siz unga yaxshilik qilavering.
26 Май 2022, 17:49 | Савол-жавоблар | 130 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Otangiz noto‘g‘ri ish qilgan. Siz unga yaxshilik qilavering.
26 Май 2022, 17:49 | Савол-жавоблар | 130 | Turli savollar