Qarindoshlik aloqasini tiklash

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Onamning onalari birinchi erlari bilan ajrashganlar. Chunki u kishi ularga juda ko‘p zulm qilganlar. Bilishimcha u kishi johil bo‘lgan. Boshqa xotinlari bilan ham ajrashganlar. U kishini hech qachon ko‘rmaganman. U kishi hayotlar. Qarindoshi bilan aloqani tiklash silai rahm, lekin u kishi bilan hech qachon aloqa bo‘lmagan. Eshitishimcha yolg‘iz yashashadi. Baribir qonimda u kishining qoni oqadi. U kishi bilan aloqa o‘rnatishim kerakmi? Shunda silai rahm savobiga etishamanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U kishi bilan aloqa o‘rnatishingiz kerak. Shunda silai rahm savobiga etishasiz.

26 Май 2022, 18:05 | Савол-жавоблар | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar