Qarz savdoda vakillik vazifasi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir kishiga chet eldan uskuna yoki xom ashyo kerak, lekin etarli mablag‘ unda yo‘q va qarzga qimmatroq narxda olishga rozi. Boshqa kishida esa mablag‘ bor va qarzga narsa olib qimmatroqqa berishga tayyor. Olinadigan narsa chet elda. Yukni olib beradigan odamning o‘zi, u yukni ololmaydi va o‘rtachi orqali olib bermoqchi. Lekin yukni olmoqchi bo‘lgan odamning o‘zi chet elga chiqib, uni gaplashib ola biladi. Ilmlik odamlardan so‘raganimizda, ular qarzga olib berayotgan odamning o‘zi yoki uning vakili tomondan tovarni bay qilinishi kerak, aks holda riboning havfi bor deyishdi. Savol shuki, qarzga tovar olayotgan odamning o‘zi chet eldan olinadigan tovarning narxini kelishib, bay qilib, keyin qarzga berayotgan odam bilan yana uni baylashib qarzga olsa bo‘ladimi? Ya’ni o‘zi qarzga oluvchi bo‘la turib va shu paytning o‘zida qarzga beruvchining shu ish bo‘yicha vakili bo‘la oladimi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘ladi.

26 Май 2022, 18:05 | Савол-жавоблар | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar