Tilla yoki kumush taqinchoqlarni o‘z jinsidagi ekvivalentiga

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ma’lum vazndagi tillaga ishlov berib, taqinchoq qilib sotish jarayonida tilla taqinchoqni tillaga (tanga, boshqa turdagi taqinchoq yoki yombiga) almashish jarayoni qanday amalga oshiriladi? Qog‘oz pullar joriy bo‘lmasdan ilgari tilla taqinchoqlarning savdosida narxni belgilash qanday bo‘lgan? Zargar mehnat qilgan, u istagan narxini qo‘yadi yoki u endi tilla deb emas, bir buyum sifatida qaraladi deydigan bo‘lsak, tilla taqinchoqlardan zakot olishda ularning bozor qiymatiga emas, og‘irligi inobatga olinadiyu? Tilla va kumush riboviy mol sanalgani uchun shunday taqinchoqlarni o‘z vaznidan kam yoki ortiq shu jinsga mansub ekvivalentga sotish qanday amalga oshiriladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunda tillaning narxi og‘irligiga va ustaning ishi ishning hajmiga qarab belgilanadi. Shuning uchun ishlangan taqinchoqlarni tortib sotiladi.

26 Май 2022, 18:11 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar