Kitoblaringizdagi Qur’on oyatlarini tahoratsiz o‘qish haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ilmsizligim uchun uzr. Oila a’zolarim benamoz, dindan uncha xabarlari yo‘q. Alloh ularni hidoyat qilishiga umid qilgan holda, sizning ba’zi kitoblaringizni sotib olgan edim. Kitoblaringizda Qur’on oyatlari borligini inobatga olib, ularga kitoblaringizni o‘qishga bersam avval tahorat, g‘usl qilishlari kerakmi? Avval g‘usl, tahorat qilib o‘qinglar desam baribir mening aytganimni qilishmasa kerak. Shunday o‘qiyverishsa bo‘ladimi yoki qanday maslahat berasiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tahoratli bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Qur’oni Karimdan boshqa kitoblarni tahoratsiz ushlashga ruxsat berilgan.

26 Май 2022, 18:28 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar