Ro‘za qanday tutiladi?
Assalomu alaykum.Men yaqindagina Allohning yo‘liga kirganman. Ramazon oyida birinchi marotaba ro‘za tutaman. Iltimos menga maslahatlar bering? (Qanday tutiladi, qanday duolar o‘qiladi, sunnat va farzlari va h.k.)Iltimos ramazon oyigacha yuboringlar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
RO‘ZANING MUSTAHABLARIRo‘zaning mustahablari haqidagi barcha dalillarni diqqat bilan o‘rganib chiqqan hanafiy ulamolar quyidagi amallarni Ro‘zaning mustahablar sifatida qayd etganlar:1. Biror narsa ila, bir qultum suv bilan bo‘lsa ham saharlik qilmoq. Saharlikni kechaning oxirigacha surmoq. 2. Quyosh botishi bilan tezda, Shom namozini o‘qishdan oldin og‘izni ochmoq. Shirin va ho‘l narsa ila og‘izni ochish afzal.3. Og‘izni ochishda rivoyat qilingan lafzlar ila duo qilmoq.4. Ro‘zadorlarga iftor qilib bermoq.5. Junublik, hayz va nifosdan qilinadigan g‘uslni kechga qo‘ymay tong otishdan oldin qilib olmoq.6. Ortiqcha gap so‘z va amallardan til va jismlarni tiymoq.7. Ro‘zani buzmaydigan ammo huzurbaxsh bo‘lgan narsalarni tark qilmoq.8. Oila a’zolari va qarindoshlarga kengchilik qilish. Beva bechora va kambag‘allarga xayri ehsonni ko‘paytirish.9. Qur’on qiroati, ilm suhbatlari, zikr va salovotlarni ko‘paytirish.RO‘ZA TUTMASLIKKA RUXSATLILARO‘ta qari shaxs ro‘za tutishdan ojiz bo‘lsa, og‘zini ochadi va har bir tutmagan kuni uchun bir miskinga sadaqai fitr miqdorida taom beradi. Keyin ro‘za tutishga qodir bo‘lib qolsa, qazosini tutadi.Homilador emuzukli ayol o‘zi va bolasiga zarar etishidan qo‘rqsa, bemor xastaligi ziyoda bo‘lishidan qo‘rqsa, musofir og‘izlarini ochadilar va fidyasi qazo qiladilar. Zarar qilmasa, safarda ro‘za tutgan afzal.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Va u(ro‘za)ni qiynalib tutadiganlarga bir miskin taomini berish» oyati qari chol va qari kampirga tegishli ruxsatdir. Ikkovlari ro‘zani qiynalib tuturlar. Ular og‘izlarini ochib, har bir kun o‘rniga bir miskinga taom berurlar. Homilador va emizukli ayollar qachonki qo‘rqsalar, og‘izlarini ochurlar». Abu Dovud va Buxoriy tafsirda rivoyat qilgan.Buxoriyning lafzida: «Ibn Abbos: «Bu oyat mansux emas, balki qari chol va kampir uchundir. Ular ro‘za tutishga qodir emas. Bas, har bir kun o‘rniga bir miskinni taomlantirurlar», dedi» deyilgan.Ma’lumki, Islomda insonni toqatidan tashqari ishga taklif qilish yo‘q. Jumladan, ro‘za masalasida ham. Shu ma’noda Alloh taolo o‘ta qarib qolganlari tufayli ro‘za tutsa qiynalib qoladigan chol va kampirlarga ro‘za tutmaslikka ruxsat bergan. Bu haqda «Baqara» surasida oyatlar kelgan. Biz o‘rganayotgan rivoyatda ulug‘ sahobiy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu ana shu oyati karimaning hukmini tushuntirib bermoqdalar.Mazkur oyatga ko‘ra o‘ta qari chol-kampirlarga ro‘za tutmaslikka ruxsat bor va ro‘zasi tutilmagan har bir kun evaziga bir miskinga taom bersalar mumkin.Ba’zi bir kishilar o‘zlari sog‘ bo‘lsalar ham yoshlari kattaligi tufayli ro‘za tutsalar qiynaladigan bo‘lib qoladilar. Ana o‘shanday kishilar ham ro‘za tutmasalar mumkin. Ro‘zaning o‘rniga fidya beradilar.Fidyaning lug‘aviy ma’nosi, fido qilish bo‘lib, shariatda ma’lum bir narsaning o‘rniga mol sarflash fidya berish, deyiladi.Qariliklari tufayli ro‘za tuta olmaydiganlar uchun fidya berishning joriy qilinishi bejiz emas. Unda miskinlarning manfaati bilan birga o‘sha ro‘za tuta olmagan kishilarning ibodatni ado eta olmaganlari uchun afsus-nadomatlarini engillatish ham bor. Bu rivoyatda qari chol va kampirlar hukmiga homilador va emizukli ayollar ham qo‘shilishi, agar ular o‘z yosh bolalari sog‘ligiga zarar etishidan qo‘rqsalar, og‘izlarini ochib yurishlari mumkinligi haqida ham so‘z ketmoqda. Homilador va emizuklik ayollar o‘zlari va bolalariga zarar etishidan qo‘rqsalar ro‘zani ochib yuborishlariga ruxsat bor. Bunga hamma bir ovozdan ittifoq qilgan. Ammo mazkur toifadagi ayollar hanafiy mazhabi bo‘yicha ro‘zaning qazosini tutadilar. Bu mazhab ulamolarining o‘zlariga yarasha hujjat va dalillari bor. Qari chol va kampirlarning fidya berish bilan kifoyalanishlariga ruxsat etilgani ularning keyinchalik ham ro‘za tutolmasliklari e’tiboridandir. Chunki ular borgan sari qarib zaiflashib boraveradilar. Ularning qaytib yosharib, ro‘za tutishlaridan umid yo‘q. Homilador va emizuklik ayollar esa, vaqtinchalik bemorga o‘xshaydilar. Homilani tug‘ib, bolani ko‘krakdan ajratgandan so‘ng yana ro‘zani tutish imkoniga ega bo‘ladilar. Bir yilda bir keladigan ro‘zani qazo qilib tutish osondir.Bemor va musofirlarning ruxsatlari Qur’oni Karim oyatlarida zikr qilingan.Alloh taolo «Baqara» surasida: «Sizdan kim shu oyda hozir bo‘lsa, bas, uning ro‘zasini tutsin. Kim bemor bo‘lsa yoki safarda bo‘lsa, bas, o‘sha (tutilmagan kunlar) adadicha boshqa kunlar (tutur). Alloh sizga engillikni iroda qilur. Alloh sizga og‘irlikni iroda qilmas», degan (Baqara: 185).Tuzalishidan umid bor bemor kishi Ramazon kunlari bemor bo‘lsa yoki bir kishi Ramazon kunlari safarga chiqqan bo‘lsa, o‘sha kunlari ro‘za tutmay, keyin tutmagan kunlari sanog‘icha qazo ro‘za tutishiga asosiy dalil mana shu oyati karimadir. Shuning uchun, bemor kishi, agar ro‘za tutsa bemorligi ziyoda bo‘lib ketadigan yoki tuzalishi ortga suriladigan bo‘lsa, Ramazon oyida bemalol ro‘za tutmay yurishi mumkin. Alloh taolo bemorligi tufayli unga ruxsat bergan.Shuningdek, Ramazoni sharif kunlari safarga chiqqan odam ham ro‘za tutmasligi mumkin. Safardan qaytgandan keyin Ramazonning qolgan kunlari bo‘lsa, ularni tutaveradi. Ramazondan keyin esa, safarda necha kun tutmagan bo‘lsa, o‘shancha kun qazosini tutib beradi.Musofir uchun, safarda ortiqcha qiyinchilik bo‘lmasa, ro‘za tutgani tutmaganidan ko‘ra afzaldir. Chunki Alloh taolo musofirlarga ro‘za tutmaslik haqida ruxsat bergan oyatning oxirida «ro‘za tutmog‘lariningiz sizlar uchun yaxshiroqdir», degan.Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ro‘za tutishga uzrli bo‘lganlar quyidagilar;1. O‘ta qari kishilar.2. Homilador ayollar. 3. Emizukli ayollar.4. Musofirlar.5. Bemorlar.Ulamolarimiz yana quyidagi toifalarni ham uzrlilarga qo‘shganlar;6. Ochlik va chanqoq oqibatida holdan toyganlar.O‘ta qattiq ochlik yoki chanqoq oqibatida halok bo‘lish darajasiga kelgan, aqliga yoki biror a’zosi ketishi xavi tug‘ilgan kishi ham ro‘za tutishdan uzrli hisoblanadi. U ham keyin qazosini tutib beradi. Chunki Alloh taolo «Va o‘zingizni qo‘lingiz ila halokatga otmang», degan.7. Majburlangan shaxs.Birovni o‘ldirish yoki a’zolaridan birini ishdan chiqarish ila tahdid solib ro‘zasini ochishga majburlansa u ham uzrli hisoblanadi. Qazosini keyin tutib beradi. Ayol kishini zo‘rlik ila nomusiga tegilsa ham qazosini tutib beradi.Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam:«Albatta, Alloh mening ummatimdan xatoni, unutilgan va majbur qilingan narsani kechirgandir», dedilar». Ibn Moja rivoyat qilgan.Bir odamni boshqalar kuch bilan majburan gunoh ishni qildirsa, majbur qolgan odamga gunoh bo‘lmaydi. Majbur qiluvchilar esa gunohkori azim bo‘ladilar. Majbur qilib ro‘zasini ochirish, namoz o‘qitmaslik, dinga qarshi gaplarni aytdirish va boshqalar, shunga kiradi.Shu bilan birga, majburlash majbur qilinayotgan odamning joniga yoki biror a’zosiga tahdid solishi shart. Bundan past darajadagi majburlash gunoh ishni qilaverishga yo‘l ochmaydi. Faqat o‘lim xavfi yoki tanasidagi a’zolaridan birining yo‘q bo‘lishi, mayib bo‘lishi xavfigina shar’iy e’tibordagi majburlash hisoblanadi.8. Mashaqqatli kasb egasi.Agar kasbini tark qilsa kuni o‘tmaydigan bo‘lsa va ro‘za tutsa kasbini qila olmay qolsa uzrli hisoblanadi. Bu toifaga nonvoy, temirchi va kon ishchilari kabilar kiradi. Ular saharlikni qilib ro‘zani niyat qiladilar. Ish davomida hollari chatoq bo‘lib qolsa ro‘zani ochib, keyin qazosini tutadilar.Agar bemor tuzalganidan, musofir muqim bo‘lganidan keyin bir muddat yashab o‘lsa, merosxo‘ri qazo qilgan miqdoricha fidya beradi. Agar oz yashab o‘lsa, sog‘ va muqim bo‘lgan kunlari miqdoricha fidya beradi. Buning uchun vasiyat shartdir. Bemor tuzalganidan, musofir muqim bo‘lganidan keyin ruxsat bilan tutmagan ro‘zasini tutishi kerak edi. Ammo keyinroq tutarman degan xayol bilan yurib, uni tutishidan oldin o‘lib qoldi. Agar uning yashagan kunlari ro‘zani qazo qilgan kunlaricha yoki undan ko‘p bo‘lsa, merosxo‘ri qazo qilgan miqdoricha fidya beradi. Ammo u qazo qilgan kunlaridan oz yashab turib o‘lgan bo‘lsa, merosxo‘ri uning sog‘ va muqim bo‘lgan kunlari miqdoricha fidya beradi.Merosxo‘r mazkur fidyani berishi uchun mayyit o‘lishidan oldin bu haqda vasiyat qilgan bo‘lishi shart. Agar vasiyat qilmasa, merosxo‘rga fidya berish lozim bo‘lmaydi.Vasiyatga amal qilish uchdan birdan bo‘ladi.Ya’ni, mazkur shaxs o‘layotib tuta olmagan ro‘zamning fidyasini berilsin degan vasiyatni qilgan bo‘lsa, u merosga qoldirgan molning uchdan biridan beriladi. Agar fidyaning miqdori merosning uchdan biridan ko‘p bo‘lsa, ortganini merosxo‘rlar bermaslikka haqlilar.Har bir qazo qilingan namozning fidyasi bir kunlik ro‘zaning fidyasi miqdoricha.Kishi o‘zimidan oldingi bemorligida ba’zi namozlarini o‘qiy olmagan bo‘lsa, o‘sha qazo qilingan namozlarga ham merosxo‘rlari fidya berishlari mumkin. Ana o‘shanda qazo qilingan bir vaqt namoz uchun bir kunlik ro‘zaga berilgan fidya miqdorida fidya beriladi.Birovning o‘rniga boshqaning qilgan ibodati o‘tmaydi.Ya’ni, o‘lgan kishining qazo namoz va ro‘zalari o‘rniga uning merosxo‘rlari namoz o‘qib, ro‘za tutishlari joiz emas.Imom Nasaiy qilgan rivoyatda Ibn Abbos roziyallohu anhu:«Bir kishi boshqa bir kishining o‘rniga ro‘za tutmaydi. Bir kishi boshqa kishining o‘rniga namoz o‘qimaydi. Lekin uning nomidan har bir kun o‘rniga bug‘doydan taom beradi», degan.Abdurrazzoq keltirgan rivoyatja Ibn Umar roziyallohu anhu:«Birov hech qachon birovning o‘rniga namoz ham o‘qimaydi, ro‘za ham tutmaydi. Ammo qiladigan bo‘lsang, sadaqa qilgin yoki hadiya qilgin», degan.Imom Termiziy Ibn Umar roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda:«Rasululloh sallollohu alayhi vasallam qazo ro‘zasi bo‘la turib vafot etgan kishi haqida:«Uning nomidan har bir kun o‘rniga bir miskinga taom berilsin», deganlar.Nafl ro‘zani boshlagandan keyin oxirigacha tutish lozim bo‘ladi. Faqat ro‘za tutish man qilingan kunlar bundan mustasno.Shuning uchun nafl ro‘zani ochib yuborgan odam uning qazosini tutishi vojib bo‘ladi.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Menga va Hafsaga taom hadya qilindi. Ikkovimiz ro‘zador edik. Bas, og‘zimizni ochib yubordik. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirdilar va biz u zotga:«Ey Allohning Rasuli, bizga hadya qilinuvdi. Ishtahamiz kelib og‘zimizni ochib yubordik», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Ikkovingizga hech narsa bo‘lmaydi. Uning o‘rniga boshqa kuni ro‘za tutib qo‘yinglar», dedilar». Abu Dovud, Termiziy va Molik rivoyat qilgan.Ro‘za tutish man qilingan kunlar – ro‘za hayiti kuni, qurbon hayti kuni va undan keyingi uch kun, hammasi bo‘lib besh kun.Mazkur kunlarda ro‘za tutish man qilingan. Shuning uchun, u kunlarda tutilgan ro‘zani ham ochib yuborish kerak bo‘ladi. Binobarin o‘sha ochib yuborilgan nafl ro‘zaning qazosi tutilmaydi.Mazkur kunlarda nazr ro‘za tutsa bo‘ladi. Lekin uni ochib yubrib keyin qazosini tutadi. Agar tutaversa ro‘zasi ro‘za bo‘ladi.Nazr ro‘za tutish mazkur kunlarda ro‘za tutmaslik haqidagi nahiylardan istisno qilingandir.Nafl ro‘za tutuvchi ziyofat uzri ila ro‘zasini ochsa bo‘ladi. Keyin qazosini tutadi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kuni oldimga kirib: «Huzuringizda biror narsa bormi?» dedilar. «Yo‘q», dedik.«Undoq bo‘lsa, men ro‘zadorman», dedilar. So‘ngra boshqa bir kuni oldimizga kelgan edilar.«Ey Allohning Rasuli, bizga hiys hadya qilindi», dedik.«Qani, mega ko‘rsatchi, ro‘za niyat qilgan edim», dedilar
21 Апрел 2022, 06:20 | Савол-жавоблар | 168 | Ro‘za