Nima uchun hozirda tillar xilma xil?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Insonlar yaratilganida arab tilida so‘zlashgan, nima uchun hozirda tillar xilma xil?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo shuni xohlagan. Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qiladi: "Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatliyingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta xabardordir. Ushbu oyati karimada «Ey odamlar!» – deb barcha insoniyatga qarata nido qilinmoqda, shu bilan birga, ularning asli bir ekani eslatilmoqda. «Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik». Demak, odamlarning asli bir: hammalari Odam Ato va Momo Havvodan taralganlar. Ayni chog‘da, Alloh taolo ularni turli xalqlar va qabilalarga ajratib qo‘yganini ham ta’kidlamoqda. Insonlarning turli xalq va qabilalarga bo‘linishining sababi esa o‘zaro tanishish, ma’rifat hosil qilish ekani uqtirilmoqda. «...va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik». Insonlarning turli xalqlar, millatlar, elatlar, qabila va urug‘lar hamda turli firqalarga bo‘linishining asosiy sababi ushbu maqsad, ya’ni o‘zaro tanishish ekanini hech qachon unutmaslik kerak. Alloh taolo oyatda urishishingiz uchun, janjal uchun, faxrlanish uchun, maqtanish uchun, demayapti yoki boshqa sabablarni aytmayapti. Demak, xalqlarning turli-tumanligini ilohiy maqsaddan – tanishuvdan boshqa maqsadga ishlatish Allohning irodasiga qarshi chiqish bilan barobar bo‘lar ekan.
26 Май 2022, 18:36 | Савол-жавоблар | 154 | Qur’oni karim