To‘rtta qizni turmushga chiqargan ota ona jannati deyishadi
Xalqimiz orasida 4 ta qizni turmushga uzatgan ota ona jannatidir" degan iborani ko‘pchilik eshitgan. To‘g‘ri, 4 ta qizni turmushga uzatdi degani, bu - 4 ta qizni iboli, aqlli, asrab-avaylab tarbiya qilganidan dalolat beradi. Rostdan ham shunday 4 ta qizni turmushga chiqargan ota onalar shubhasiz jannatilardanmi yoki bu yolg‘on gapmi? Rost bo‘lsa hadislarda keltirilganmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning uchta qizi bo‘lsa, ularning xarxashalari, og‘irliklari va engilliklariga sabr qilsa, Alloh ularga ko‘rsatgan rahmati tufayli uni jannatga kiritur», – dedilar. Bir kishi: «Ikkita bo‘lsa-chi, yo Rasulalloh?» – dedi. «Ikkita bo‘lsa ham», – dedilar. Bir kishi: «Bitta bo‘lsa-chi, yo Rasulalloh?» – dedi. «Bitta bo‘lsa ham», – dedilar». Ahmad rivoyat qilgan. Shunday qilib, bittami, ikkitami yoki uchtami, qizni tug‘ish, ularni boqib, tarbiyalab, katta qilish ota-ona uchun jannatga haqdor bo‘lish omillaridan biriga aylantirildi. Musulmonlar qadimdan qizlarga faqat yaxshi nazar bilan qarab keldilar va kelmoqdalar. Ammo, ming afsuslar bo‘lsinkim, keyingi paytlarda diniy ta’limotlardan bexabar ayrim kishilar bu masalada xatoga yo‘l qo‘yib, boshqalar tomonidan dinimizga ta’na toshlari otilishiga sabab bo‘lmoqdalar. Ba’zi «musulmonman» deb yurganlarning ayollarga bo‘lgan salbiy munosabatlarini tushunmaganlar bu noxushlikni Islomning aybi, deya jar solmoqdalar. Bu borada ham gapni cho‘zmasdan, birgina misol keltirish, ya’ni shaxsan o‘zim, radioda eshitgan gapni aytish bilan kifoyalanmoqchiman. Viloyatlardan birida bir ayol to‘rtta qiz ko‘ribdi. Har safar farzand tug‘ilganda oilada janjal bo‘libdi. Kelinga: «Nega o‘g‘il tug‘may, qiz tug‘asan?!» degan dashnomlar beri-libdi. Oxiri «Sen qiz xaltasi ekansan, yana qiz tug‘sang, tug‘ruqxonadan otangnikiga ketaverasan», degan tahdid bo‘libdi. Ayol yana homilador bo‘libdi. O‘ziga aytilgan tahdidlar yodiga tushibdi. Besh qiz bilan otasinikiga qaytib borish ko‘ziga ko‘rinibdi. Shay-tonning vasvasasiga uchib, homilasini oldiribdi. Qarasa, olingan homila o‘g‘il ekan. Buni eshitib, er o‘zini osibdi. Uni eshitib, xotin o‘ziga o‘t qo‘yibdi... Bolaning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishiga ayolning nima aloqasi bor? Avvalo, mutlaqo aloqasi yo‘q. Agar faraz qilib, aloqasi bor desak, erkakning aloqasichalik bo‘lishi mumkin. Lekin nima uchun erkakka emas, faqat ayolga qiz tuqqanligi uchun dashnom beriladi. Axir bunday qilish Allohning irodasiga qarshi turish emasmi? Ushbu haqiqatlarni har kim anglab etishi kerak. Qiz tuqqan kelinlarni va qizlarni baraka ramzi deb bilish, ularning e’zozini qilish lozim. Oilasida farzand kutayotgan va ko‘rgan har bir shaxs bir oz cho‘zilgan ushbu muqaddimada aytilgan ma’nolarni o‘zidan o‘tkazishi, shu bilan birga, ularga ixlos bilan amal qilishi zarur.
26 Май 2022, 18:45 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar