Bomdodning qazosi

Assalomu alaykum! Qazo namozi xaqida izlash xizmatidan ko‘p malumotga ega bo‘lganim bilan birga tushunmagan joylarim xam bo‘lmoqda. Yani bomdod namozi qazo bo‘lgan bo‘lsa, peshin vaqti kirmasdan qazosini o‘qisa, u vaqtda bomdodning sunnatini xam qazo qiladi deyilgan. Bu degani faqat peshin vaqtigacha o‘qisa bomdodni sunnati xam o‘qiladi deb tushunaylikmi, peshin vaqti kirsa bomdodni qazosini sunnati o‘qilmaydimi? Peshindan so‘ngchi? Tartibi soqit bo‘lgan namozxon ko‘p yillik bomdod namozini qazosini o‘qimoqchi bo‘lsa sunnatini xam o‘qimoqchi bo‘lsa peshin vaqtigacha o‘qiydimi? U xam peshindan keyin bomdodni faqat farzini o‘qiydimi? Yoki tartibi soqit bo‘lmagan va tartibi soqit bo‘lgan namozxonlar uchun, bomdod namozini qazosini farzga tobe bo‘lgan sunnatini xam, makrux bo‘lgan vaqtlardan tashqari kechami kunduzmi farq qilmay o‘qaveradimi? Men qazo namozi o‘qish tartibini qoidasini, ko‘p yillik qazo namozlari xaqida barchasini izlash xizmatidan o‘qib tushundim. Birok bomdodni qazo bo‘lgan sunnati xaqida bergan savollarimni kengroq tushunishim uchun sizlardan yordam so‘ragan xolda murojat qilmoqdaman! Vaqtingizni olganim uchun kechiring. Xammasi uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ha. 2). Sunnatini o‘qish o‘sha kunning peshinigacha. Boshqa kunlarda bamdodning qazosida sunnat o‘qilmaydi. 3). O‘qiyveradi. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 20:58 | Савол-жавоблар | 246 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar