Jamoat transportidan foydalanish

Hozirda Shaharlardagi deyarli barcha yunalishdagi taksilar faoliyati davlat tomonidan tartibga solingan. Davlat tomonidan qo‘yilgan jamoat transporti o‘z o‘zidan nazoratda. Shuningdek, o‘z shaxsiy avtomobilidan foydalanib turli uyushmalarga azo bo‘lib xalqka xizmat qilayotgan yurtdoshlarimiz ham juda ko‘p. Bunday odamlar o‘sha yunalishda yurib pul topayotgani uchun davlatga kunlik to‘lov to‘laydi. Lekin, hech qanday uyushmalarga azo bo‘lmasdan, to‘lov to‘lamasdan kira qilayotgan haydovchilar ham bor. Oddiy yo‘lovchiga qaysi taksi davlat ro‘yxatidan o‘tgan, qaysisi o‘tmaganligini ajratib olish qiyin. Shu holatda ro‘yxatdan o‘tmasdan, davlatga pul to‘lamasdan yurgan taksi xizmatidan (bilib turib yoki bilmasdan) foydalanish joizmi? Yoki ikki tomonning kelishuvi va roziligi bo‘lsa buning ahamiyati yo‘qmi? Javob uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bilib turib foydalanish joiz emas. Bilmasa uzrli.

26 Май 2022, 18:48 | Савол-жавоблар | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar