Abu Hanifa rahmatullohi alayh

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Abu Hanifa rahmatullohi alayh ushbu "Kimki menikidan boshqa sahih hadis topsa o‘shani ushlasin (yoki hohlasa o‘shani ushlasin) ma’nodagi gapni aytganlarmi? Bir birodarimiz ushbu gapni dalil qilib, to‘rt mazhab amallarini aralashtirib bajaryapti. “Bunday qilish kerak emas, hamma o‘zini mazhabiga ergashishi kerak” desam, yana biri “Abu Hanifa rahmatullohi alayhi bu gapni haqiqatdanam aytgan” deydi. Yana shu birodarlarimiz bir xil payt masjidimizga imomlikga o‘tishadi. O‘zlaridan so‘ramoqchi edim... Afsuski, boshqa yosh bolalar javob beradigan savolga ham javob berolmadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yosh bolalar javob beradigan savolga ham javob berolmagan bo‘lgani uchun yuqoridagi gapni aytgan. Ozgina ilm olganida bu gapni aytmas edi. Hadislarning birortasini o‘zi o‘qiy olmaydi ham. Qanday qilib ulardan hukm chiqara oladi. Chala tarjimalardan ba’zi gaplarni aytgan odam qanday qilib Abu Hanifa rahmatullohi alayhiga qarshi gapni ayta oladi. Bunga o‘xshash nusxalardan uzoqda bo‘lish kerak.

26 Май 2022, 18:50 | Савол-жавоблар | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar