Vaqf holatida nafas olish shartmi?
Tajvidni ustozdan o‘rgangan edim, o‘sha paytda tug‘ilgan savollarimga javob olganman. Lekin shu ilmni mukammal o‘rganishga ahd qilib, shunga kirishganimdan so‘ng, bizda chop etilgan Tajvid kitoblarini o‘qib chiqdim va menda yana savollar paydo bo‘ldi, lekin o‘sha ustozimdan so‘rashga imkon yo‘q hozircha. Kitoblarda Vaqf - oyatlar orasida to‘xtab, nafas olish deyilgan. Kichik oyatli suralardan biri "Ixlos"ni misol qilib olsam, har bir oyatning so‘ngida to‘xtaganimda, oxirgi harfda sukun bilan to‘xtayman va keyingi oyatga o‘taman. Ahamiyat berib qarasam, oyatlar orasida sukun bilan to‘xtasamda, ko‘pincha nafasni yangilamas ekanman. Oyatlar kichik bo‘lgani uchun bunga ehtiyoj sezmas ekanman. Savol: Vaqf so‘zining istilohdagi ma’nosidan kelib chiqib, to‘xtagan erimda nafasimni yangilashim shartmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ha, nafas olish shart. Bo‘lmasa saktaga o‘xshab qoladi.
26 Май 2022, 18:54 | Савол-жавоблар | 143 | Qur’oni karim
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ha, nafas olish shart. Bo‘lmasa saktaga o‘xshab qoladi.
26 Май 2022, 18:54 | Савол-жавоблар | 143 | Qur’oni karim