Vaqf va ibtido

Tajvidni ustozdan o‘rganib, o‘sha paytda tug‘ilgan savollarimga javob olganman. Lekin shu ilmni mukammal o‘rganishga ahd qilib, shunga kirishganimdan so‘ng, bizda chop etilgan Tajvid kitoblarini o‘qib chiqdim va menda yana savollar paydo bo‘ldi, lekin o‘sha ustozimdan so‘rashga imkon yo‘q hozircha. Qur’on o‘qishda vaqf belgilariga amal qilaman, lekin ba’zi oyatlarda o‘sha belgigacha etib olishga nafas etmay qoladi. Shunday xolatlarda biror bir so‘zda vaqf yoki ibtido qilishga majbur bo‘lsak, kitoblarimizda yozilganidek - ma’noning buzilmasligiga katta e’tibor berish kerak. Lekin ko‘pchilik qatori men ham arab tilini bilmaganim uchun, qaysi so‘zda vaqf yoki ibtido qilsam ma’no to‘liq bo‘ladiyu, qaysinisida buziladi, bila olmayman. Kitoblarda esa ba’zi oyatlardan misol keltirilgan xolos, ularni barcha oyatlarga qo‘llab bo‘lmaydi. Bunday xolatda qanday yo‘l tutiladi, kerakli so‘zlarni bilib olish uchun qo‘llaniladigan uslub bormi yoki doim vaqf va ibtido qilsa bo‘laveradigan so‘zlar turkumi bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qur’oni Karim etuk ustozdan o‘rganiladi. Unda qaerda vaqf va ibtido qilishni ham, odatda, o‘sha ustoz ta’lim beradi. Sizning holatingizda zamonamizning mashhur Mahmud Xalil Husoriy, Muhammad Siddiq Minshaviy kabi qorilarining audiolarini ko‘p eshitib o‘rganishlik tavsiya qilinadi.

26 Май 2022, 18:55 | Савол-жавоблар | 140 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar