Bomdod namozidagi holat

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bugun bomdod namoziga ulgurolmadim, batafsil tushuntirishga harakat qilaman. Taxminan bomdod namozining vaqti kirishiga 2 daqiqalarcha qolgandi, tahorat qilib turgan vaqtimda siydigim chiqib ketdi. Keyin hojatxonaga borib hojatimni chiqarib, mustahab qildim va tahorat oldim. Namozga chiqay degandim, yana siydik chiqib ketdi. Ikkinchi tahorat ham xudi shunday bo‘ldi. Uchinchi marta oldim, yana shu ahvol bo‘ldi. Keyin valohu a’lam, makruh vaqt kirib qoldi. Endi men gunohkor bo‘lib qoldimmi? Hazrat, qazo bo‘lgan namozni quyosh chiqandan keyin sunnati bilan o‘qisam bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Gunohkorlik bor. Ertaroq turish kerak edi. Qazo bo‘lgan Bomdod namozini quyosh chiqandan keyin sunnati bilan o‘qiladi.

26 Май 2022, 18:56 | Савол-жавоблар | 144 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar