Sarimsoq etishtirish
Assalomu alaykum! Halq orasida sarimsoq ekma, piyoz ekma, qalampir ekma degan gaplar yuradi. Bu shifobahsh nematlarni kundalik ehtiyoj uchun istemol qilamiz. Bu sabzovatlarning shifobahshligini eshitib Allohga hamd aytasiz. Shu sabzavotlarni Alloh va rasuli taqiqlaganmi. Shu haqda shariatimizda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda sarimsoq piyozni ekishdan ham, eyishdan ham qaytarilmagan, balki uni eb masjidga borishdan qaytarilgan. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَكَلَ الْبَصَلَ وَالثُّومَ وَالْكُرَّاثَ فَلَا يَقْرَبَنَّ مَسْجِدَنَا، فَإِنَّ الْمَلَائِكَةَ تَتَأَذَّى مِمَّا يَتَأَذَّى مِنْهُ بَنُو آدَمَ. وَفِي رِوَايَةٍ: مَنْ أَكَلَ ثُومًا أَوْ بَصَلًا فَلْيَعْتَزِلْنَا أَوْ فَلْيَعْتَزِلْ مَسْجِدَنَا وَلْيَقْعُدْ فِي بَيْتِهِ. وَفِي أُخْرَى: مَنْ أَكَلَ مِنْ هَذِهِ الْبَقْلَةِ فَلَا يَقْرَبَنَّ مَسَاجِدَنَا حَتَّى يَذْهَبَ رِيحُهَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.وَلِمُسْلِمٍ وَالنَّسَائِيِّ: قَالَ عُمَرُ رَضِي اللهُ عَنْهُ فِي خُطْبَةٍ: أَيُّهَا النَّاسُ تَأْكُلُونَ شَجَرَتَيْنِ لَا أَرَاهُمَا إِلَّا خَبِيثَتَيْنِ الْبَصَلَ وَالثُّومَ، رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ r إِذَا وَجَدَ رِيحَهُمَا مِنَ الرَّجُلِ فِي الْمَسْجِدِ أَمَرَ بِهِ، فَأُخْرِجَ إِلَى الْبَقِيعِ، فَمَنْ أَكَلَهُمَا فَلْيُمِتْهُمَا طَبْخًا.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim piyoz, sarimsoq piyoz va yovvoyi piyoz esa, masjidimizga aslo yaqin kelmasin. Chunki farishtalar odam bolalari ozor topadigan narsalardan ozor topadilar», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Kim sarimsoq piyoz yoki piyoz egan bo‘lsa, bizdan chetda bo‘lsin yoki masjidimizdan chetda bo‘lsin, uyida o‘tirsin», dedilar», deyilgan.
Yana boshqa rivoyatda esa:
«Kim ushbu sabzavotni esa, uning hidi ketmaguncha aslo masjidimizga yaqin kelmasin», dedilar», deyilgan.
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Muslim va Nasaiy keltirgan rivoyatda:
«Umar roziyallohu anhu o‘z xutbalarida:
«Ey odamlar! Sizlar ikki xil o‘simlikni eysizlar. Men u ikkisini, albatta, yaxshimas deb bilaman; U piyoz va sarimsoq piyoz. Men ko‘rganmanki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda qaysi bir odamda ularning hidini topsalar, amr qilar edilar va u Baqi’ga chiqarib yuborilar edi. Bas, kim u ikkisini eydigan bo‘lsa pishirib, o‘ldirib esin», dedilar».
Sharh: Ushbu rivoyatlarda musulmonlar ichida jamoatchilik odobini saqlash, jamoat joyiga noxush hid bilan bormaslik haqida ogohlantirilmoqda.
Islomda bu narsaga katta e’tibor berilishi ma’lum va mashhur. Katta jamoatlarga, Juma, Iyd namozlari va shunga o‘xshash joylarga g‘usl qilib borilishi bejiz emas. Bu ham terlash tufayli insonda paydo bo‘ladigan noxush hidlarni ketkazish, ko‘pchilikka ozor bermaslik uchun shariatga kiritilgan.
Ushbu rivoyatlarda odamdan egan taomi tufayli noxush hid chiqadigan bo‘lsa, jamoat bundan ozor topishi ta’kidlab aytilmoqda.
Ushbu rivoyatlardan olinadigan foydalar:
1. Piyoz, sarimsoq piyoz va yovvoyi piyoz egan kishilar masjidga yaqin kelmasliklari zarurligi.
2. Odam bolalari ozor topadigan narsaga ega bo‘lgan kishi masjidga bormasligi kerakligi.
3. Unday narsalardan farishtalar ham ozor topishi, shuning uchun mazkur kishilar masjidga bormasligi ma’qul ekanligi.
4. Sarimsoq piyoz yoki piyoz egan odam nafaqat masjid, balki boshqa jamoat joylarga ham bormay, uyida o‘tirishi lozimligi.
5. Mazkur narsalarni tanovul qilgan odam to hidi ketmagunicha, masjidga bormay turishi lozimligi.
6. Sarimsoq piyoz yoki piyoz eb, masjidga kelgan odamni imom masjiddan chiqarib yuborishi mumkinligi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bunday kimsalarni Baqe’ qabristoniga chiqartirib yuborar ekanlar.
Demaq ushbu rivoyatlarda zikr qilinganlardan boshqa noqulay hidga sabab bo‘ladigan narsalarni eb ham masjidga, jamoat joylariga borib bo‘lmas ekan.
Rivoyatda Hijoz yurtlarida o‘sha paytlarda ma’lum va mashhur bo‘lgan o‘tkir hidli narsalar zikr qilingan. Shunga qiyosan, hamma noxush hidli, boshqalarga ozor beradigan narsalarni iste’mol qilgan kishilar masjidga va boshqa jamoat joylariga bormasliklari hukm qilingan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
2 Июн 2022, 17:46 | Савол-жавоблар | 159 | Dolzarb savollar