Iqoma tugamasdan namoz o‘qishni boshlasa

Savolim shundan iborat, iqomat oxirlamasdan imom niyat qilib namoz o‘qishni boshlasa durust buladimi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizning savolingizga fiqh.uz saytidan quyidagi ma’lumotlarni topdik: Takbir aytilgach, kechiktirmay namozni boshlash. Agar takbirdan so‘ng namoz kechikib ketsa, u qaytarib aytiladi. (Izoh: Imom ham, jamoat ham takbirdagi «Hayya ’alassolah»da o‘rinlaridan turib, «Qod qomatissolah»ga etganda esa, namozga niyat qilishadi). Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi linkka o‘ting: https://fiqh.uz/index.php/ibodat/namoz/328-namoz

26 Май 2022, 19:02 | Савол-жавоблар | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar