Taroveh haqida savol
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Tarovehda xatmdan keyin qorilar Baqara surasining ba’zi oyatlari, Vas-soffat surasining oxirgi 3 oyatini o‘qishadi. Buni makruh deb eshitgandim. Shu to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Har xil o‘qishadi. Bunday qilishning o‘zi makruh emas. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qi¬linadi: «Bir odam: «Ey Allohning Rasuli, qaysi amal Allohga eng mahbub?» dedi. «Tushishi bilan qayta jo‘naydigan», dedilar. «Tushishi bilan qayta jo‘naydigan nima?» dedi. «Qur’onni avvalidan oxirigacha o‘qib kelib, tushishi bilan yana boshdan jo‘nab ketadigan», dedilar». Alloh taolo farz qilgan ibodatlardan keyingi eng afzal ibodat Qur’oni Karim tilovatidir. Shuning uchun Qur’oni Karimni avvalidan o‘qib oxiriga etib, xatm qilgan odam yana avvalidan boshlasa, ushbu hadisda madh qilingan sifatga ega bo‘lar ekan. U Allohga eng mahbub bo‘lgan amalni qilgan bo‘lar ekan. Tushishi bilan qayta jo‘naydigangan bandalar safidan o‘rin olar ekan. Kim Alloh uchun eng mahbub bo‘lgan amalni qilishni istasa, Qur’oni Karimni tilovatini puxta o‘rgansin. Uni avvalidan tajvid bilan o‘qib kelib xatm qilishga va yana darhol boshidan tilovat qilishni boshlashga odatlansin. Shuning uchun ham ulamolarimiz va mashoyixlarimiz o‘z shogird va muridlariga xuddi shu ishni doimiy qilishga odatlanish tarbiyasini beradilar. Shuning uchun ham qorilarimiz Ramazoni sharifda taroveh namozlarida Qur’oni Karimni xatm qilib bo‘lganlarida, Nas surasini o‘qigandan keyin, darhol Baqara surasidan bir oz tilovat qilib yakuniga etkazadilar. Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh¬dan quyidagilar rivoyat qilinadi: «U kishi rahmatullohi alayh tushda Alloh taoloni bir necha marta ko‘rgan ekan. Bir marta agar yana Robbimni tushda ko‘rsam, bandani Robbisiga muqarrab qiladigan narsani so‘rayman, debdilar. Bas, u kishi Alloh taoloni tushida ko‘rib: «Ey Robbim, banda Senga nima ila muqarrab bo‘ladi, deb so‘rabdi. «Kalomimni tilovat qilish bilan, ey Ahmad!» debdi. «Ma’nosini tushunsami yoki tushunmasa hammi?» deb so‘rabdi. «Ma’nosini tushunsa ham, tushunmasa ham», debdi Alloh. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Qaysi amal Allohga eng mahbubligini so‘rash mumkinligi. 2. Qur’oni Karim tilovati fazilatli amal ekani. 3. Qur’onni avvalidan oxirigacha o‘qib kelgach, yana boshidan o‘qish Allohga eng mahbub amallardan ekani. Ehtimol u er, bu erdan oyatlarni aralashtirib o‘qish makruh degan bo‘lsalar kerak.
26 Май 2022, 19:11 | Савол-жавоблар | 148 | Qur’oni karim