Ona yoki xotinni tanlash

Assalomu alaykum Hurmatli shayx Hazratlari! Erkak kishi bemaslahat ikkinchi xotinga uylanib oldi. U ayol dindan uzoqroq bo‘lgan. Er esa imkon qadar islomni tanitib, undan bo‘lgan farzandlariga ham islom tarbiyasini berayapti. Ayol eri uchun itoatkordek ko‘rinadi. Ammo o‘zbek emas. Ular haqida odamlarda noto‘g‘ri fikrlar (u ayol, onasi issiq sovuq qiladi ) degan gaplar bor. Er esa faqat o‘sha xotinni maqtab, u nima desa unga quloq solayapti. Onani opa singillarni koyidi, hafa qildi. Besabab janjal chiqaveradi. Erning onasi “javobini berasan, bo‘lmasa qabul qilmayman u kelinni” deb turib olgan. Chunki u ayol erni o‘ziga og‘dirib olayotgani seziladi. Albatta ilmlik inson ayolni deb onani hurmat qilmasa yaxshi emas. (birinchi xotini bilan ajrashgan sababi ikkinchi xotin. ) Onasini aytishicha, nasl nasabi buzuqlardan. Haqiqatdan er Qur’onni yod olgan ilmlik. Ota onalari ham dinni juda yaxshi tushunishadi. Savol: er qanday yo‘l tutishi kerak? Maslahat bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Er Qur’onni yod olgan ilmlik bo‘lsa, o‘zi bilish kerak!

26 Май 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar