Mahrsiz nikoh

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga 2 ta savol bilan murojaat etmoqdaman. 1. Nikoh vaqtida kelinning roziligini imom domla va guvohlar eshitsayu kuyov eshitmasa nima bo‘ladi? 2. Bir do‘stimizning nikohini videoda ko‘rib o‘tirganimizda, domla mahr belgilamay o‘qib tugatdilar. Kuyov bola ham “Menga mahr belgilaganlarini eslolmayman” dedi. Mahrsiz nikoh qabulmi? Endi kuyov qancha mahr berishi kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Kuyov eshitish shart. 2. Keyin bo‘lsa ham beradi. Hozir kelishib mahrni bersin.

26 Май 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar