Telefon o‘g‘risi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bahorda jiyanim telefonini yo‘qotib qo‘ydi yoki o‘g‘irlatib qo‘ydi. Biz militsiya xodimlariga xabar berdik. 1, 5 oy o‘tgach, militsiya xodimlari bir bolani topib kelishdi. Aniqlasak o‘sha bola jiyanimning tanishi ekan. O‘sha bola telefonni olib, boshqasiga sotib yuboribdi. U: “Men to‘lab beraman, faqat dadam bilmasin” dedi va bozordan shunga o‘xshash bir telefon olib berdi. Faqat u telefonni holati urinib ketgan, bizniki esa ikki barobar yaxshi xolatda edi. Xullas u bola “shuni olib ishlatib turinglar, keyin yana pul qo‘shaman” degandek muomala qildi. Oradan 2 haftacha vaqt o‘tib, o‘zimizning telefonni ishlatayotgan odam ham topildi. O‘sha odamga qo‘lma qo‘l bo‘lib etib kepti. Militsiya xodimlari telefonni o‘sha boladan olib, bizga berdi. Biz 2 ta telefonli bo‘ldik. Oxirgi odamga ham birinchi telefonni olgan bola to‘lab beradigan bo‘ldi. Lekin birinchi telefonni olgan bola menga “men olib bergan telefonni qaytaringlar, telefoningiz topildi” deyapti. Xolamlar “bermaymiz, sen olib qo‘lma qo‘l bo‘lib bizni telefon urinib ketibdi” dedi. Hazrat, iltimos maslaxat bering, men xolamlarga tushuntiraman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Telefon olib bergan o‘g‘ri bolaga qaytarib berish kerak. Sizlarga etgan talofatni o‘rtacha holda to‘lasin.
26 Май 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Telefon olib bergan o‘g‘ri bolaga qaytarib berish kerak. Sizlarga etgan talofatni o‘rtacha holda to‘lasin.
26 Май 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar