Foyda ko‘proq bo‘lsin deb
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Biz ba’zi firmalarning mahsulotini sotamiz. Belgilangan hududda shu mahsulot turini faqat bizga sotish uchun berishga kelishib olingan. Endi shu mahsulotlar har yili ayni talab kuchaygan paytda tanqislashadi va narxi oshiriladi. Biz buni avvaldan bilamiz. Mahsulotni arzonroq sotib olib, narh oshganda sotish uchun imkon paydo buladi. Lekin narh oshish kuni e’lon qilingungacha eski arzon narxda sotishni to‘xtatmaymiz, faqat kerakli mahsulotdan ortiqrog‘ini g‘amlab quyishga harakat qilinadi. Mahsulot oshgach, qolgan mahsulot oshirib sotiladi. Bu ishimiz to‘g‘rimikin ? Mahsulotlar nooziq ovqat. Va narxni oshishi biz mahsulotni g‘amlashimizga aloqasi yo‘q. Biz g‘amlamasakda baribir mahsulot ishlab chiqaruvchi tomonidan oshiriladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ish bozordagi narxni sun’iy ravishda oshirishga sabab bo‘lmasa, joiz.
26 Май 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 180 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ish bozordagi narxni sun’iy ravishda oshirishga sabab bo‘lmasa, joiz.
26 Май 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 180 | Turli savollar