Qishloq xo‘jaligida ushbularni qo‘llash mumkinmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savollarim bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liqligi uchun ikkalasini birga jo‘natyapman. 1. Ko‘pchilik dehqonlarimiz bir daraxtga boshqa bir daraxtni sopug‘ qilishadi. Natijada bir tupda 2 yoki undan ham ko‘p mevali daraxt hosil beradi. 2. Kurk bo‘lgan kurka(indyuk)ga o‘zining tuxumidan ko‘ra tovuq tuxumi ko‘proq ketadi. Shuning uchun kurkaga tovuq tuxumini bostirishadi. Jo‘ja chiqqanidan so‘ng ona kurka tovuq jo‘jalarini etaklab yuradi. Qishloq xo‘jaligidagi faoliyatim davomida yuqoridagi savollar tug‘ilib qoldi. Ushbularni qo‘llasak bo‘lami?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisi ham bo‘ladi.

26 Май 2022, 19:20 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar