Shisha idishlar savdosi ham aroq ichishga tengmi?

Assalamu aleykum Shayx hazratlari, sizga sihat salomatligu, qilayotgan xayrli ishlarizda barakalar so‘rab kamina sizga bir savol bilan murojat qilmoqchiman. Meni qarindoshlarimning ayrimlari tijoratning shunday turi bilan shug‘ullanishadiki eski ishlatib bo‘lingan qog‘oz, temir, plasmassa va shunga o‘xshash narsalarni olishadi va o‘z o‘zidan boshqa joyga etib berishadi. Shu joyda meni qiziqtirayotgan gap esa bularning orasida har xil turdagi shishalarni sotib olish ham mavjud, ya’ni piva, aroq, sharbat va boshqa turdagi ichimliklardan qolgan shisha va plassamassa idishlarni olishga ham to‘g‘ri kelmoqda va ayrimlar bu ham aroq ichish bilan barobar demoqda. Ammo ularsiz aytarli foydani tasavvur qilish qiyin, shu sababli ikkilanib Allohdan madad so‘rab sizga murojaat qildim, toki qo‘limdagi sarmoyamni tugatmasdan shu ishni boshlash niyatida edim, o‘zim yaqindagina chetdan keldim, shu savolga sizdan javob kutib qolaman, avvaldan rahmat. Alloh O‘zi sizdan va oila a’zolarizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar mazkur shishalarga harom narsa quyilishi aniq bo‘lsa, mumkin emas.

26 Май 2022, 19:25 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar