Ayrimlarning Siz hazratga nisbatan odobsizligi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ilohim barcha mo‘min musulmonlar baxtiga hozirgi zamon diyn ulamolari qatorida siz ham sog‘u salomat yuring! Ustoz, afsuski, ba’zan internet sahifalarida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda sizga nisbatan noloyiq gap so‘zlar aytadigan "inson"lar topilib turadi. Ular bilan ba’zan tortishib talashamiz. Sizning ma’naviy himoyangizga harakat qilamiz. Ustoz aytingchi, biz shundaylarga nima deylik va qanday muomala qilaylik? Kelayotgan Iyd al Fitrni sizga va oila a’zolaringizga muborak qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Undaylar doimo bo‘lgan va bo‘ladilar ham. Alloh taolo ko‘rib, bilib, hisobini qilib turibdi-ku. Sizlarga chin qalbdan tashakkurlar. Alloh taolo xayrlaringizni bersin!

26 Май 2022, 19:26 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar