Qasamning kuchi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga ming hijolat va tortinish ila murojaat qilmoqchi edim. Bir hadisda: "Yashirin shahvat va riyokorlik shirkdir" deb yozilgan ekan. Men shu ishni bilib turib va “bu ishni qayta qilsam do‘zaxiy bo‘lay” deb qasam ichgan holda qilib qo‘ydim. Astag‘firulloh, endi men do‘zaxiy bo‘lib qolamanmi? Ko‘nglim hech taskin topmayabdi. Allohning ismi xaqqi, iltimos sizdan bu holdan chiqish yo‘li bo‘lsa menga ko‘rsating! Misoli cho‘lda 7 kun qolgan odam suvga tashnaligi kabi javobingizga, qalb xotirjamligiga, Allohning rahmatiga tashnaman! Alloh sizdan rozi bo‘lsin va muqarrab maqomini ato etsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qasamxo‘rning kafforotini ado etasiz.

26 Май 2022, 19:31 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar