Zakotni kimga berish haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin. Bir do‘stim iltimosiga ko‘ra murojaat qilmoqdaman. Hozir biz o‘zga yurtdamiz. Do‘stimning aytishiga qaraganda, uning oilasiga aytmagan (bildirmagan) mablag‘i (puli) bor ekan. “Hammasini yuborsam ayolim isrof qilib ishlatib yuboradi, bu etarlidan oshig‘i” deydi. Shu puli zakotini o‘z oilasiga bersa bo‘ladimi? Oilasi nochorroq ahvolda ekan yoki boshqaga berishi kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘z oilasiga zakot berib bo‘lmaydi. O‘z oilasi nochor bo‘lgan odam zakot berishi shart emas. Zakot oiladan ortib, 85 gramm tillo narxidagi pul bir yil kamaymay tursa beriladi.

26 Май 2022, 19:35 | Савол-жавоблар | 191 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar