Zakot berish haqida 2
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savolimga javob berganingizdan juda mamnun bo‘ldim. Ammo ilmsizlik qilib biroz tushunmadim. Agar sizga malol kelmasa savolimni boshqatdan yozmoqchi edim. Savol: Tijorat uchun kuzda 5000 so‘mdan 6 tonna namatak olgan edim. Olganimizda yangi uzilgan edi. Hozir qurishi natijasida 4,4 tonna namatak uyimda turibdi (1,6 zarar). Hozircha sotish niyatida emasman. Bozorda narhi hali ham 5000 so‘m. Aytingchi, men qancha zakot berishim kerak? Vaqtingizni olganim uchun uzr. Maqsadim farzimni komil ado etish.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- 4, 4 tonna namatak 5000 so‘mdan qancha pul bo‘lishini hisoblaysiz. Nisobga etsa, 2,5 % ni zakotga chiqarasiz.
26 Май 2022, 19:37 | Савол-жавоблар | 166 | Zakot