Namoz o‘qishlik makruh bo‘lgan vaqtlar muddati
Ko‘p joylarda namoz o‘qishlik makruh bo‘lgan vaqtlar quyosh chiqayotgan, qiyom bo‘lgan va botayotan vaqtlar deyilgan. Lekin bu vaqtlarning muddati ya’ni qancha davom etishi haqida ma’lumot topolmadim. Tashqi manbalardan qidirib qo‘rsam har xil yozgan. Masalan, turkcha manbalarda judayam katta muddat 40-45 daqiqa olinganini, namoz vaqti hisoblash dasturlarida esa peshin uchun 2 daqiqa olinganini guvohi bo‘ldim. Ikki daqiqani bular quyosh diskining azimut chizig‘idan o‘tganigacha bo‘lgan vaqtni olishadi. (t = arctan(quyosh diametr/masofa) / 2π × 24 × 60 × 60. = 2 daqiqa). Bu savolni berishdan maqsad, ba’zan odam bomdod va asrga vaqtida ulgurolmay makruh vaqtga yaqinlashib qolgan bo‘ladi. O‘qisa makruh vaqtga to‘g‘ri keladi deb, o‘qimasa qazo bo‘lishidan xavotir qilib juda ikkilanib qoladi. Shuningdek, juma namozlarida masjidga kelganlar 2 rakat nafl o‘qib olishadi, vaholanki aynan o‘sha payt qiyom vaqtiga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Javobingizda muhojirlarning holatiniyam hisobga olsangiz. Rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juma kuni qiyom haqidagi gapga amal to‘xtaydi.
26 Май 2022, 19:40 | Савол-жавоблар | 147 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juma kuni qiyom haqidagi gapga amal to‘xtaydi.
26 Май 2022, 19:40 | Савол-жавоблар | 147 | Namoz