Namoz vaqtlarini isloh qilish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Xalqimiz shu paytgacha har yili idora tomonidan e’lon qilinadigan namoz vaqtlari taqvimiga ko‘ra namoz o‘qib keladi. Bu hisoblash usuli juda sodda bo‘lib, bomdodni quyosh chiqishidan 1:30 soat oldin, asrni shomdan 2 soat oldin, xuftonni esa shomdan 1:30 soat keyin qilib olingan. Lekin biz bilamizki Butunjaxon Islom Ittifoqi tomonidan qabul qilingan uslub bor. Bu bomdodning quyosh chiqqungacha 18 daraja qiyalikdagi vaqti, asrni odam soyasidan 1 yoki 2 barobar bo‘lganda va xuftonni quyosh botgach 17 daraja qiyaligidagi vaqtlar deb olingan. Bu ikkala usul bo‘yicha olingan vaqtlarda ancha farqlar bor (yarim soatcha). Yana shaharlar orasi farq orqali hisoblash ham noto‘g‘ri. Chunki bir shaharda quyosh oldin kirib kech botishi bor. Ayniqsa, bu ro‘za tutganda juda ahamiyatli. To‘g‘ri, oldin bunday hisob qilish qiyin bo‘lgandir, lekin hozir bu hisob kitoblarni oddiy telefonlarda hisoblash mumkin. Hatto buning uchun dasturlar ishlab chiqilgan. Savolim, endi shu eski uslubni isloh qilish vaqti kelmadimikan?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Diniy idoraga ayting.
26 Май 2022, 19:40 | Савол-жавоблар | 151 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Diniy idoraga ayting.
26 Май 2022, 19:40 | Савол-жавоблар | 151 | Namoz