Majburan arzon sotish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir odam pulga ehtiyoji tushdi, lekin puli yo‘q. U odam uyidagi bir buyumni sotmoqchi. Bozorda u buyumning narxi 200. 000 so‘m, lekin undan hech kim 200. 000 so‘mga olishmayapti. Lekin bir kishi kelib men 50. 000 so‘m beraman, hohlasangiz soting, deyapti. Sotuvchi ham, oluvchi ham u buyumni bozordagi qiymatni biladi, oluvchi majbur qilmayapti, “hohlasangiz soting” deyapti. Sotuvchiga pul kerakligidan majburan sotib yubordi, shu savdo Islomda joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joiz. Lekin xaridor muruvvatsizlik qilgan.

26 Май 2022, 19:42 | Савол-жавоблар | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar