Ayol eridan iznsiz davolanish 2

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Noma’lum sabablarga ko‘ra oldingi yozgan xatim ichidan savol tushib qolibdi. Savol: er va ayol boshqa-boshqa davlatlarda yashaydilar, ayol kasal bo‘lib qoldi, doktorlar ko‘magiga muhtoj va eriga xabar berdi, lekin eri ruxsat bermayapti. Shu holatda ayol er iznisiz doktorga borib davolansa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa shariatga xilof ish bo‘lmasa, bo‘ladi. Chunki bemorligi ziyoda bo‘lib halokatga uchrashi mumkin.

26 Май 2022, 19:42 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar