Meros qachon beriladi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz men oldin ham meros bo‘yicha masalalar so‘ragandim, Alhmadulillah javob oldim. Meni hozir bir masala qiynamoqda, ya’ni mening akam o‘tgan yili qazo qildilar. U kishidan 1 ta o‘g‘il farzand qolgan. Oldingi savolim bilan bolaning va beva qolgan xotinning ulushlarini bilib olgandim. Alhamdulillah ota-onam hayotlar, akamning hayotlik paytida hech narsasi yo‘q edi (shaxsiy narsalari bor faqat) ya’ni u kishining o‘zlarning nomida hech narsa yo‘q edi. Shundoq vaziyatda u kishining o‘g‘liga va beva qolgan xotiniga qanaqa qilib ulush ajratiladi? Mol-mulk egasi hayot bo‘lsada meros bo‘lib berilishi mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hujjat bo‘yicha yo‘q bo‘lsa ham, haqiqatda bo‘lgan mulki bolasi, xotini va ota-onasiga taqsimlanadi. Mol-mulk egasi hayot bo‘lsa, meros bo‘lib berilishi mumkin emas.
26 Май 2022, 19:42 | Савол-жавоблар | 184 | Turli savollar