Topib olgan taqinchoq xususida
Hazrat, Alloh taolo umringizni uzun, ilmu martabangizni bundanda ziyoda qilsi va O‘z panohida asrasin! Sizning ilm bulog‘ingizdan bizlarni ham ne’matlantirsin! Hazrat "Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi?" nomli savolimga javob oldim. Tashakkur! Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Topib olgan buyumni egasi chiqsa uni qaytarishim muammo. Chunki ilmsizligim uchun shoshilib, birovni haqqidan qo‘rqib uni hadya qilib yubordim. O‘zim to‘lay desam mablag‘im yo‘q. Erimning qaramog‘idagi ayolman. Erimni yomonlash bo‘lmasin, lekin erim menga nafaqa ham bermaydilar. Shoshilinch ish qilganimga judayam pushaymonman. Tavba qildim. Molni qaytarishimning bir chorasi qo‘shnimga bor gapni tushuntirish. Lekin ozorlanib qolishlaridan cho‘chiyapman. Taqinchoqni egasiga qaytarmasam gunohi kabira sodir qilamanmi? Bu ishim o‘g‘irlik hukmiga kirib qolmaydimi? Tavba va nadomatimning va molni o‘zimda olib qolmaganimning o‘zi kechirilishimga sabab bo‘ladimi? Ortiqcha mablag‘im bo‘lsa barisini Alloh yo‘lida sarflagan bo‘lardim...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Egasiga uzr aytib, borini tushuntirsangiz, rozi bo‘lsa, hechqisi yo‘q.
26 Май 2022, 19:47 | Савол-жавоблар | 140 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Egasiga uzr aytib, borini tushuntirsangiz, rozi bo‘lsa, hechqisi yo‘q.
26 Май 2022, 19:47 | Савол-жавоблар | 140 | Turli savollar