Tavakkal haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Avvalambor qimmatli vaqtingizni mening ham savolimga ajratayotganingiz uchun tashakkur. Mening savolim quyidagidan iborat: Allohga shukr bizning 1 yashar farzandimiz bor. Men ba’zan biror bir yumush bilan ko‘chaga chiqishim zarur bo‘lsa, shu farzandimizni turmush o‘rtog‘imdan qarab turishlarini iltimos qilib chiqib ketaman. Turmush o‘rtog‘im iloji boricha barcha namozlarini jamoat namozida ado etadilar va menga aytishlaricha men farzandimizni qo‘yib ketgan vaqtlarda ham 1 yashar bolani uyda yolg‘iz o‘zini qo‘yib jamoat namozlarini ado qilib kelarkanlar, men yo‘q paytda bolani yolg‘iz qo‘yib chiqmang iltimos, uyda o‘zingiz o‘qivoling desam, jamoatni qoldirmayman, bola esa Allohga omonat deydilar. Xullas shu tufayli tortishib qolamiz, men shunaqa paytda bolamdan juda ham xavotirdaman, iltimos aytingchi, shunday holatlarda, ya’ni yosh bolaning hayoti xavf ostida turganda jamoat namozini qoldirish uzrlimi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday holatda onaning ko‘chaga chiqishi uzrli emas.

26 Май 2022, 19:47 | Савол-жавоблар | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar