Islomda tib

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men uylanganimga yaqinda 2 yil bo‘ladi. Ammo hali farzandlik bo‘lmadim. Doktorga borsam urug‘ hujayram (sperma) juda kuchsiz ekan. Doktor bergan muolajani qildim, ammo foyda bermadi. Internet saytlarida o‘qidim, Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallamdan hadisda “hijoma” degan tibbiy amaliyot qilsa foydasi katta ekan. Shu hadis sahihmi? Hadislarda yana qanday muolajalar bor? Iltimos duo qiling, menga ham Alloh solih va soliha farzandlardan bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hijoma - qon oldirish degani. Bu sahih hadis. Lekin siz aytgan ishda hijoma yo‘q. Doktorda davolanishni davom ettiring.

26 Май 2022, 19:49 | Савол-жавоблар | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar