Bolalar uchun lotin alifbosida ham kitoblar chiqarish haqida
Alloh taolo ilmingizni ziyoda qilsin! Men savol emas, balki taklif bildirmoqchi edim. Balki, bu haqida o‘ylab ko‘rgandirsiz, yoki shu haqda rejalaringiz bordir. Hozirgi kunda bolalarning aksariyati lotin alifbosida ta’lim olishayapti. Diniy bilimlarni o‘z ichiga qamrab olgan kitoblarning, adabiyotlarning aksariyati kirill alifbosida. Kitob o‘qishni sevadigan 5 sinfda o‘qiydigan jiyanim hadislarni o‘qib, ko‘p hollarda tushunmadim, bu erda nima degan qabilida savollar beradi. Shu maqsadda diniy ahkomlarni bolalarning o‘zlari o‘qib o‘rganishlari, hamda ularga tushunishlari uchun qulay yana ham soddaroq qilib, sharhlari bilan interaktiv usulda, (balki rasmlar bilan) lotin alifbosida ham kitoblar nashr etilsa ajoyib bo‘lardi. Dinu islom yo‘lida amalga oshirayotgan hayrli ishlaringizni Alloh bardavom qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hozir "Mo‘’minning me’roji" - Mufassal namoz kitobi lotin alifbosida chop qilinmoqda. Elektron kitoblarimiz lotin alifbosida ko‘p.
26 Май 2022, 19:52 | Савол-жавоблар | 165 | Turli savollar